Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-февраль 2025, 22:45
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari xalqaro ekspertlar nigohida


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik” mavzusida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi  xalqaro eksperti Naira Avetisyan ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda vazirlik mas'ullari, ustozlar, psixologlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  bolalarni ularga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Bunda soha ekspertlari va mas’ullarning fikr-mulohazalari eshitildi. 

Naira Avetisyan tomonidan mamlakatimizda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berish, ularni himoya qilish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar  ijobiy natija berayotganligi, har qanday sharoitda ham zo‘ravonlikka qarshi kurashishish ishlarini birgalikda amalga oshirilishi muhimligi qayd etildi. 

Tadbir so‘ngida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  zo‘ravonlik holatlari oldini olish bo‘yicha yagona tartib ishlab chiqish, davra suhbatlari hamda uchrashuvlarni hamkorlikda muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.