Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda "Energiya sarfi savodxonligi" mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.
Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, mas'ullar hamda ustozlar ishtirok etishdi.
📍 Sherzod Karimov o‘z so‘zida yoshlarga energiyadan oqilona foydalanishni erta davrdan boshlab o‘rgatish, bu boradagi mahalliy va xorijiy tajriba haqida to‘xtalib o‘tdi.
Treningda Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro eksperti Yukinori Yanagida ham qatnashdi va energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalarini alohida ta'kidladi.
🔰Ma'lumot o‘rnida: 2024-yili sinov tariqasida 10 ta maktabda Ene-Kids.uz dasturi joriy etilgan. Unda 380 nafar o‘quvchi va ularning 1626 nafar oila a’zolari loyihada ishtirok etishdi. Natijada, haftasiga 1,86 MWh elektr energiyasi va 113 kub metr suv tejaldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyiha 5-11-sinf o‘quvchilariga joriy etilganda, bir haftada O‘zbekistondagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasining 20 soatda ishlab chiqargan elektr energiyasi va 1800 ta olimpiada basseynlarini to‘ldirishga yetadigan suv tejab qolinishi mumkin.
⏳Seminar-treninglar Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 3 kun davomida bo‘lib o‘tadi.