Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-февраль 2025, 22:45
 Bosh sahifa  Mobile versiya

PEDAGOGLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK!

Vazir jamgʻarmasi hisobidan ustama olmoqchimisiz — malaka sinovlarida qatnashing!

✅ Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tayyorlanayotgan Hukumatning yangi qaror loyihasiga binoan, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.

 Buning uchun talabgor pedagoglar malaka toifasi sinovlarida qatnashishi lozim.

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu qaror loyihasiga koʻra, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun oʻtkaziladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi.

✅ Keyingi bosqichga nomzodlar sifatida malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).

🟢 2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi. Shunday ekan, bu yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting.

👉 Eslatib oʻtamiz, yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilayotgan murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz);

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.