Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-февраль 2025, 22:45
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVI


"Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining  4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

✅Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
➖tuman (shahar) bosqichi – joriy yilning mart oyida;
➖viloyat bosqichi – joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadi.

❗️“Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor oʻquvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

🟢Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf oʻquvchilari navbatdagi oʻquv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

🟢Shuningdek, 1-, 2-, 3-oʻrinlarga sazovor boʻlgan 4-, 5-sinf oʻquvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 23-fevralidan 15-martiga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar: 161, 164.