2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi.
✅ Fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash maqsadida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni tugatmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish imkoniyati beriladi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglament (https://lex.uz/docs/-6044094)ga muvofiq:
➖ eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz) orqali qabul qilinadi.
❌ Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.
❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.
👉 Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati bilan quyida (https://api-portal.gov.uz/uploads/c30d8aa3-4e0b-c428-c975-d7848873d900_media_.pdf) tanishishingiz mumkin.